» » O‘zbekistonda abituriyentlar uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi tasdiqlandi

O‘zbekistonda abituriyentlar uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi tasdiqlandi


Abituriyentlarning uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2019/2020-o‘quv yili qabulidan boshlab abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

2019/2020-o‘quv yili qabulidan boshlab oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumotni test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi esa test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют