» » Olmaota—Bishkek trassasida Lada va Toyota Camry to‘qnashuvida 9 kishi halok bo‘ldi

Olmaota—Bishkek trassasida Lada va Toyota Camry to‘qnashuvida 9 kishi halok bo‘ldi


Qozog‘istonda Olmaota—Bishkek trassasida Lada va Toyota Camry avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Olmaota viloyati politsiya departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Yo‘l avariyasida halok bo‘lgan 9 kishidan 3 nafari ayollar. Qurbonlarning shaxsi aniqlandi. Ular Olmaota, Chimkent shaharlari va Turkiston hamda Olmaota viloyatlarida yashagan”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Dastlabki taxminga ko‘ra, Lada haydovchisi boshqaruvni uddalay olmay yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va Toyota bilan yuzma-yuz to‘qnashgan. Hodisa yuzasidan sudga qadar tekshiruv boshlanib, ekspertiza tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют