» » O‘zbekistonda OTMlarga qabul tartibidagi o‘zgarishlar, 5 yilga qamalgan Yunusobod sobiq hokimi, Toshkentda avtobus oynasini sindirib qochgan yo‘lovchi va kunning boshqa xabarlari

O‘zbekistonda OTMlarga qabul tartibidagi o‘zgarishlar, 5 yilga qamalgan Yunusobod sobiq hokimi, Toshkentda avtobus oynasini sindirib qochgan yo‘lovchi va kunning boshqa xabarlari


13-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Joriy yilning 13-may kuni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjatlarga muvofiq, 2019–2020-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish sinovlarida bir qator imtiyozlar belgilandi.

Bundan tashqari, endi abituriyentlardan hujjatlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali qabul qilinadi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab esa abituriyentlar 5 ta fandan test sinovi topshiradi.

Shuningdek, 2019/2020-o‘quv yili qabulidan boshlab abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

***

Yunusobod tuman sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 13-may kungi hukmiga ko‘ra, Baxtiyor Abdusamatovga Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda) va Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llab 3 muddatda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlardan ishlash mahrum qilingan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

***

Toshkentda avtobus yo‘lovchisi oynani sindirib, avtobusdan tushib qochib ketdi.

Boshqa yo‘lovchilarning guvohlik berishicha, atrofdagilarga hech qanday zarar yetmagan. Ammo yigitning o‘zi jarohat olgan.

***

Buxoroda 2018-yilda tug‘ilgan uch egizakning onasi e’tiborsizlikdan shikoyat qildi.

Buxoro viloyat Jondor tumanidagi Qozikent qishlog‘ida bundan roppa-rosa bir yil oldin 2018-yilning 1-iyunida – Xalqaro bolalarni himoya qilish bayrami kuni Farhod Turobov hamda Ma’rifat Jo‘rayevalar xonadonida egizaklar dunyoga kelgan. Egizaklarga O‘zbekiston Prezidentiga ehtirom sifatida Shavkat, Miromon va Mirziyo nomlari berilgan.

***

Islom Karimovning sobiq bosh tansoqchisi yangi lavozimga tayinlandi.

O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning sobiq bosh tansoqchisi sifatida bir necha yillar davomida faoliyat yuritgan Axat Nosirov Sharq yakkakurashlari va jang san’atini rivojlantirish markazi rahbari etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют