» » Yer yuzida karbonat angidrid miqdori rekord darajaga yetdi

Yer yuzida karbonat angidrid miqdori rekord darajaga yetdi


Yer yuzida CO2 miqdori qishloq xo‘jaligi rivojlanganidan beri eng yuqori cho‘qqiga yetdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Gavayi orolidagi Mauna Loa vulqonining yuqori qismida joylashgan AQSh Milliy okean va atmosfera boshqaruvi observatoriyasi (NOAA) ma’lumotlariga ko‘ra, 11-may kuni sayyorada eng yuqori darajadagi karbonat angidrid miqdori qayd etilgan.

Yer atmosferasida  har bir millionta CO2’da (ppm) 415 ta zarracha qayd etildi. Bu har bir kubometr havoda kamida 415 millilitr karbon dioksid gazi mavjudligini anglatadi.

Olimlarning aytishicha, bu nafaqat tarix hujjatlashtirila boshlangandan beri, balki 10 ming yil avval qishloq xo‘jaligi rivojidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Taxminan 3 million yil ilgari, Pliosen davrida karbonat angidrid konsentratsiyasi 310 dan 400 ppmgacha bo‘lgan.

Yangi tarixda ilk marotaba 2013-yilda CO2 miqdori 400 ppmga etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют