» » O‘zbekistonda ommaviy ijroga mo‘ljallangan asarlar mualliflariga qanday haq to‘lanadi?

O‘zbekistonda ommaviy ijroga mo‘ljallangan asarlar mualliflariga qanday haq to‘lanadi?


Hukumatning 8-maydagi qarori bilan ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Nizomga muvofiq, mualliflik haqi Dramatik va musiqiy asarlarni tanlash va xarid qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosasiga ko‘ra, madaniyat vazirining buyrug‘iga asosan to‘lanadi. Hujjatda uning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilangan.

Ishchi guruh asar taqdim etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida uning belgilangan talab va mezonlarga muvofiqligini tekshiradi, 20 kun ichida asarni ko‘rib chiqadi va qiymatini baholaydi. Har chorakda kamida bir marotaba xulosa tayyorlaydi va uning bahosini belgilaydi.

Madaniyat vazirligi 10 kun ichida ishchi guruh xulosasi asosida mualliflik haqini to‘lash to‘g‘risida buyruq chiqaradi.

Mualliflik haqi to‘langan asarlar 6–12 oy davomida davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida sahnalashtirilishi hamda ijro etilishi shart.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют