» » Angela Merkelning samolyotiga avtomobil kelib urildi

Angela Merkelning samolyotiga avtomobil kelib urildi


Germaniya kansleri Angela Merkelning samolyoti Dortmund aeroportida avtomobil bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar beradi Bild nashri.

Ichida haydovchisi bo‘lmagan Renault Trafic turargohdagi Bombardier Global 5000 hukumat samolyotiga borib urilgan. Noxush hodisa oqibatida samolyot shikastlangan. To‘qnashuv vaqtida Markel havo kemasi bortida bo‘lmagan. Samolyotning uch nafar ekipajiga ham hech qanday zarar yetmagani aytilmoqda.

Yetkazilgan zararning aniq miqdori ma’lum emas. Bundesver texniklari samolyotni ta’mirlashga tushib ketgan. Hozirda avtomobil qanday qilib harakatga kelib qolgani tekshirilmoqda.

Nashrning bundesverdagi manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, haydovchi qo‘l tormozini tortishni unutib qoldirgan. Germaniya kansleri Berlinga vertolyotda qaytishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют