» » Alina Kabayeva egiz farzandni dunyoga keltirdi

Alina Kabayeva egiz farzandni dunyoga keltirdi


7-may kuni 36 yoshli Alina Kabayeva Moskvada egizak farzandli bo‘ldi. Taniqli gimnastikachining ahvoli klinikaning eng yaxshi shifokorlari nazoratida, deb xabar beradi “Zakon.kz”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gimnastikachi egiz o‘g‘ilni dunyoga keltirgan. Kabayeva joylashgan klinikaning to‘rtinchi qavatidagi barcha bemorlar boshqa joyga ko‘chirilgan. 4-qavat ko‘plab qo‘riqchilarning qattiq nazorati ostida.

Egizaklarga nima deb ism qo‘yilgani va ularga bog‘liq boshqa ma’lumotlar sir saqlanmoqda.

Mashhur sportchining shaxsiy hayoti haqida ko‘plab mish-mishlar yuradi. Kabayevaning o‘zi intervyularining birida yaqin yillar ichida ona bo‘lish niyatida emasligini, hayotini ishga bag‘ishlamoqchi ekanligini bildirgan. 12-may kuni sport yulduzi 36 yoshga to‘lgan edi.

2008-yilning 12-aprelida “Moskovskiy korrespondent” nashri Kabayeva va Rossiya prezidenti Vladimir Putin turmush qurganligi haqida maqola e’lon qilingan edi. Mazkur yangilik Spiegel, Stern, Die Welt, Die Presse nashrlarida e’lon qilingan. Kabayevaning matbuot kotibi gimnastikachi ushbu yangilikka izoh bermasligini va gazetadan raddiya e’lon qilinishini talab etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют