» » Toshkentda yo‘l talashib haydovchini urgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda yo‘l talashib haydovchini urgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Toshkentda yo‘l talashish ortidan chiqqan janjal oqibatida fuqaroga tan jarohati yetkazgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

24-aprel kuni soat 11:30 da Chilonzor tumanida Nexia-2 rusumli avtomobil haydovchisi 29 yoshli Obidjon Ch. Toshkent xalqa yo‘li bo‘ylab harakatlana turib Damas rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli Xasan I. bilan janjallashib qoldi.

Kelishmovchilik haydovchilar bir-birlariga yo‘l bermaganliklari sababli yuzaga chiqqan.

Janjallashish vaqtida Obidjon Ch. Xasan Ini urgan.

Sud-tibbiy ekspertiza ma’lumotlariga ko‘ra, Xasan Iga o‘rta og‘irlikdagi tan jarohati yetkazigan. Obidjon Chga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (Bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют