» » Oilaviy janjallarning oldini qanday olsa bo‘ladi?

Oilaviy janjallarning oldini qanday olsa bo‘ladi?


Janjal – bu har doim sizning haq yoki nohaq ekanligingiz ahamiyatsiz bo‘lgan yoqimsiz ko‘ngilsizlik hisoblanadi. Ayniqsa oilada yuz beradigan tortishuvlar juda og‘ir kechadi. Oiladagilar bilan bo‘ladigan nizolarning oldini olish mumkinmi?

O‘zingizni bosishga harakat qiling

Ko‘p hollarda biz o‘zimiz pashshadan fil yasaymiz. Agar hamma narsaga asabiylashaversangiz, oilada yuz beradigan oddiy mayda-chuydalar ham janjalga sabab bo‘lishi mumkin.

Tuyg‘ularga erk bermang

Qarshi tomonni biror narsaga ishontirish uchun o‘z fikrini ochiq va aniq qilib ifodalash va uni sabr bilan eshitish zarur.

Tuyg‘ular ongni xiralashtiradi, xudbinlikni oshiradi va faqat o‘zining fikri ahamiyatli deb o‘ylashga majbur qiladi. Bu noto‘g‘ri. Bunday tortishuv yarashishga emas, balki xafagarchilikka olib keladi.

Muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qiling

Yaqinlaringizga bo‘lgan salbiy tuyg‘ularingizni yig‘ib yurish ma’qul emas. Oxirida janjal qilishning o‘rniga, o‘z vaqtida norozi ekanligingizni bildirganingiz yaxshiroq.

O‘tmishni tinch qo‘ying

Juftingizning xatolarini har doim eslash yaramaydi. Ta’na qilish yaxshilikka olib kelmaydi. Bugungi kun bilan yashash zarur.

Gapingiz ohangiga e’tibor qiling

Tortishish paytida suhbatdoshingiz asoslaringizni qanday qabul qilishi sizning gapirish ohangingizga bog‘liq.

Manba: “Medbooking.com”

Опубликовано: admin (18-03-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют