WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Fransiya politsiyasi 11 tonna marixuanani musodara qildi
Fransiya politsiyasi 11 tonna marixuanani musodara qildi
Fransiya politsiyasi 11 tonna marixuanani musodara qildi. Oxirgi bor bunchalik katta ko‘lamdagi narkotiklar mamlakatda 2004-yili to‘xtatib qolingandi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Narkotiklar 10-may kuni Fransiya sharqidagi Du departamentidan o‘tgan avtotrassada qo‘lga tushirildi. Ularni tashish uchun bir necha avtomobil, jumladan, yuk mashinasi safarbar etilgandi.
Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlagan tekshiruv 2017-yilda boshlangan va Marokash, Ispaniya hamda Belgiya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda olib borilgan.
Politsiyachilar 4 nafar gumonlanuvchi, jumladan, Italiya fuqarosini qo‘lga oldi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?
КТО НА САЙТЕ?
(
4)
(
0)
(
3)
(
1)





- отсутствуют
