» » Shvetsiya prokuraturasi Julian Assanjga qarshi jinoyat ishini qaytadan ochdi

Shvetsiya prokuraturasi Julian Assanjga qarshi jinoyat ishini qaytadan ochdi


Shvetsiya prokuraturasi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga qarshi jinsiy tajovuz ayblovi bo‘yicha jinoyat ishini qayta ochdi, deb xabar berdi “Exo Moskvi”.

“Uning Buyuk Britaniyada qo‘lga olingani sud ishining qayta ochilishiga imkon berdi”, — degan okrug bosh prokurori o‘rinbosari Yeva-Mariya Persson.

Shvetsiya prokuraturasi Buyuk Britaniya Assanjni 2019-yilning avgust oyigacha eksradatsiya qilishiga umid qilmoqda.

Euronews’ning ma’lum qilishicha, Assanj ishi bo‘yicha dastlabki surishtiruv ishlari 2017-yilning may oyida to‘xtatilgan edi. Yeva-Mariya Persson bunday qaror sud ishi sharoiti sababli emas, balki Julian Assanjning sud zalida ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagani sababli chiqarilganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Assanj AQShning Afg‘oniston va Iroqda olib borgan harbiy operatsiyalari va Guantanamo lagerida saqlash sharoitlari haqida qator maxfiy ma’lumotlarni e’lon qilganidan so‘ng tanilgan edi.

Shvetsiya huquqni mufohaza qilish organlari bir necha yil oldin Assanj ustidan jinoiy ish ochgan. Assanjning o‘zi ushbu ayblov soxtaligi, bu ish uni qamoqqa olish uchungina qilinganini aytib, bir necha yildan buyon Ekvadorning Londondagi elchixonasida siyosiy boshpana berilgan shaxs sifatida yashab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют