» » Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi Facebook’da o‘z sahifasini ochdi

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi Facebook’da o‘z sahifasini ochdi


Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi “aholi bilan yaqin hamkorlikda foaliyat olib borish maqsadida” Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Sahifa tuman hokimi Sherzod Kudbiyev tashabbusi bilan ochilgan. “Axir hokimiyat mahalliy ahamiyatga ega masalalarni samarali hal qilishi uchun aholiga maksimal yaqin bo‘lishi kerak”, — deyiladi sahifadagi xabarda.

Muloqotning yangi shakli yordamida tuman hokimligi nafaqat o‘z faoliyati haqida axborot berishni, balki aholining bu faoliyat haqidagi fikrlarini o‘rganishni ham maqsad qilgan. “Bizning fikrimizcha, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish, Siz bilan hamkorlikning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.

Hokimlik ilk marotaba “mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan holda”, faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan aholining foydalanishini ta’minlash maqsadida ushbu “pilot loyihasi”ni amaliyotga tatbiq etar ekan, “biroz sabrliroq bo‘lishni” so‘ragan.

“Murojaatlaringizga imkon qadar tez javob qaytarishga va’da beramiz. Biz uchun tuman hokimligi faoliyati haqida fikringizni bilish juda muhim va qiziqarli ekanini unutmang”, — deyiladi sahifadagi xabarda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют