» » Buxoroda qaynota homilador kelinidan jinsiy yaqinlik talab qilgan. Bir necha yildan song ogil otasini oldirdi

Buxoroda qaynota homilador kelinidan jinsiy yaqinlik talab qilgan. Bir necha yildan song ogil otasini oldirdi


2018-yilning 18-noyabr kuni otasini belkurak bilan urib oldirgan Vobkent tumanidagi Shakarkent mahalla fuqarolar yigini Rome qishlogida yashovchi Shahobiddin Hamidov (ismi-sharifi ozgartirilgan)ga nisbatan hukm oqildi. Bu haqda jinoyat ishlari boyicha Gijduvon tuman sudi sudyasi Boborahim Ochilov malum qildi.

Malum bolishicha, 1982-yilda tugilgan, Qorovulbozor tumanidagi Neftgazquduqtamirlash UKda ishchi vazifasida ishlab kelgan Shahobiddin Hamidov Ozbekiston Jinoyat kodeksi 97-moddasining 1-qismi (Qasddan odam oldirish) bilan ayblangan. U otkir tigli belkurak bilan otasi Murod Hamidov (ismi-sharifi ozgartirilgan)ni belkurakning temir qismi bilan uning bosh sohasiga uch marotaba urib, qasddan oldirgan. Gijduvon tuman sud tibbiy ekspertiza bolimining 2018-yil 17-dekabr kunidagi 60-sonli sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga kora, marhum Murod Hamidovning olimi bosh miya ochiq jarohatlanishi, bosh miya toqimasi jarohati, kalla gumbazi suyaklarini sinib asosiga otishi oqibatida yuzaga kelgan.

Ukam 2010-yilda uylangan. Otam va ukam ortasidagi kelishmovchilik xuddi shu yildan boshlangan. Otam uyda hech kim bolmaganidan foydalanib, olti oylik homilasi bor yoshgina kelinimizga onamizning betobligi tufayli uy-joy, mashina va mol-mulkni uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga undan jinsiy yaqinlik talab qilgan. Bu talab bir necha marta takrorlangan. Kelin qorqib ketgan va bu haqda bor gapni menga va onamga bildirdi. Otam avvaliga tan olmay, kelinni tuhmatchiga chiqargach, men otamga yolgondan ovozingiz yozib olingan, deganimdan song aybini tan olib, kechirim soradi. Bu haqda esa ukamga gapirmadik. Ammo oradan ikki oy otar-otmas, otam yana oz kelinidan jinsiy yaqinlik talab qilgan. Ukamga aytishga majbur boldik. Shu voqea sabab otam va ukam ortasida kelishmovchilik boshlandi. 2012-yilda esa onam vafot etdi. Kelishmovchiliklar battar avj oldi, deya sudga korsatma berdi marhumning qizi, jabrlanuvchi Diyora Hamidova (ismi sharifi ozgartirilgan).

Shahobiddin Hamidov esa otasi va turmush ortogi ortasida ishqiy munosabat borligi haqida shubhalanib kelgan. 2015-yilgacha birga yashab, uch nafar farzandi tugilganiga qaramay, u bilan er-xotin sifatida yashay olmasligini aytib, ota-onasining uyiga yuborgan. 20152017-yillar davomida Rossiyaga ketgan. 2018-yil sentabr oyida turmush ortogi bilan ajrashish uchun sudga ariza bergan. 18-noyabr kuni tomorqa yerlarini agdarib berishda komaklashish uchun opasining hovlisiga borgan. Xuddi shu vaqtda otasi Murod Hamidov oglini nojoya sozlar bilan haqorat qilib keladi. Qizi va nevaralari toxtatmoqchi bolganda, ularni itarib yuborgan. Malum bolishicha, u shu kuni spirtli ichimlik istemol qilgani uchun mast bolgan.

Otam qolida bolta kotarib, ustimga bostirib kela boshladi. Men ham ozimni himoya qilish maqsadida belkurakdan foydalandim. Ozim sezmagan va anglamagan tarzda mening turmush ortogim bilan ajralish masalasida sudga ariza berganim sababli u ozini sudga chaqirilishidan qorqqan va meni oldirish uchun kelgan, deb oylab, jahl ustida yelka va bosh qismiga belkurak bilan uch marta urdim. Qilmishimdan pushaymonman, dedi sudda Shahobiddin Hamidov.

Shahobiddin Hamidov 3 nafar farzandi borligini, oilaviy ahvolini inobatga olib, qonuniy yengillik berishni sorab korsatma bergan.

Sud sudlanuvchiga nisbatan jazo tayinlashda, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, shaxsini, jazoni yengillashtiruvchi va ogirlashtiruvchi boshqa barcha holatlarini, shuningdek, jinoyat sodir etilishiga sabab bolgan jabrlanuvchining xatti-harakatlarini inobatga olib, unga nisbatan Ozbekiston Jinoyat kodeksi 97-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilgan. Jinoyat kodeksining 57-moddasi (Yengilroq jazo tayinlash) qollanilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-05-2019, 19:14)
-2 (: 2)
. !

!


vote-icon
?

?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -