» » Bosh prokuratura Samarqandda attraksiondan otilib ketgan qiz haqida ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Samarqandda attraksiondan otilib ketgan qiz haqida ma’lumot berdi


2019-yil 12-may kuni soat taxminan 16:00 larda Samarqand shahrida yashovchi, o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi P.R. (2004-y.t.) Samarqand shahar Beruniy ko‘chasidagi “Yoshlik” istirohat bog‘ida yiqilib, tan jarohati olgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga murojaat qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unga “boshning ensa chap sohasi yumshoq to‘qimalari lati” tashxisi qo‘yilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq istirohat bog‘i rahbariyati attraksionda uchayotgan qiz muddatidan oldin xavfsizlik kamarini yechib yuborgani uchun yiqilib tushganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, qiz darhol barcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani va hech qanday jarohat olmagani aytilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют