» » Ozbekkonsert rep yonalishida ijod qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv otkazdi

Ozbekkonsert rep yonalishida ijod qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv otkazdi


Joriy yilning 14-may kuni soat 15:00 da Ozbekkonsert davlat muassasasida rep va shu kabi yonalishlarda ijod qiluvchi yoshlar bilan Rep va shu kabi yonalishlarda milliy qadriyatlar uygunligi mavzusida ijodiy uchrashuv otkazildi. Manbalarga qaraganda RAP bu Rhythmical African poetry, yani Ritmli Afrika poeziyasi (sheriyati) sozlarining qisqartma shakli hisoblanadi, deya yozadi Ozbekkonsert.

Ozbekkonsert davlat muassasasi tomonidan tashkil etilgan mazkur uchrashuvda rep va shu kabi yonalishlarni rivojlantirish, bu yonalishlarda ijod qilayotgan ijodkorlar bilan samarali hamkorlik qilish, ularni qollab-quvvatlash masalalariga alohida etibor qaratildi. Chunki rep yonalishida ijod qilayotgan kopchilik yoshlarga nisbatan salbiy qarashlar mavjudligi, shu bois bu yonalishda ijod qilayotganlar borasida turli fikrlar yuzaga kelgani ham sir emas.

Mana shu sabablarni bartaraf etish, bu yonalishda tarbiyaviy ahamiyatga ega ijod namunalarini kopaytirish orqali, uning foydali tomonlarini korsatib berish, shuningdek, bu sohada ijod qilayotgan aksariyat yoshlar faoliyatida talabchanlik va masuliyat, ijtimoiy jarayonlarga daxldorlik tuygusini oshirishga ham uchrashuvda ahamiyat qaratildi. Malumot ornida shuni aytish joizki, joriy yilning 1618-avgust kunlari Toshkent shahrida Rep va Didjeylarning Xalqaro festivalini otkazish belgilangan. Shu bois ushbu uchrashuv orqali Ozbekkonsert davlat muassasasi kelgusida rep ijrochilarini saralash, ularning ijodini baholash, master-klasslar otkazish, original qoshiqlar yaratishlariga komaklashish kabi tizimli ishlarni ham yolga qoyishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari Ozbekkonsert davlat muassasasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Rep yonalishi boyicha lebel, Telegramm bot, Instagram tarmoqlarida yangi rukn ochish va ularni yangiliklar bilan toldirib borish, yaxshi ijro mahoratiga ega rep ijodkorlarini saralash hamda ular orqali Vatanni uluglovchi qoshiqlar tayyorlash va ularga klip suratga olish, telekanallarda namoyish etish, konsert dasturlariga tavsiya etish kabi koplab imkoniyatlar ham yaratiladi. Mazkur davra suhbatida ishtirokchi ijodkorlar bilan fikr almashilib, rep yonalishining istiqboldagi rejalari belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-05-2019, 20:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
:
-
:
20 ... -