» » Samarqandda attraksiondan otilib ketgan qiz, iftorlik uyushtirgan Donald Tramp, asta-sekin kichrayayotgan Oy va kunning boshqa xabarlari

Samarqandda attraksiondan otilib ketgan qiz, iftorlik uyushtirgan Donald Tramp, asta-sekin kichrayayotgan Oy va kunning boshqa xabarlari


14-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Samarqanddagi istirohat bog‘laridan birida attraksionda uchayotgan qiz otilib chiqib ketdi.

Istirohat bog‘i rahbariyati attraksionda uchayotgan qiz muddatidan oldin xavfsizlik kamarini yechib yuborgani uchun yiqilib tushganini ma’lum qildi. Shuningdek, qiz darhol barcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani va hech qanday jarohat olmagani aytildi.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, qizga “boshning ensa chap sohasi yumshoq to‘qimalari lati” tashxisi qo‘yilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

***

AQSh prezidenti Donald Tramp 13-may kuni Oq uyda iftorlik o‘tkazdi.

Tadbir davomida AQSh prezidenti Donald Tramp nutq so‘zlab, islom olamini muqaddas Ramazon oyi bilan tabrikladi.

***

Oy vaqt o‘tishi bilan kichrayib bormoqda, bu esa oy zilzilasiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yer yo‘ldoshi uning ichki qismi sovib borayotgani bilan baravar ravishda kichraymoqda. So‘nggi bir necha million yil mobaynida Oy 50 metrga kichraydi.

***

O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva 89 yoshida vafot etdi.

Yayra Abdullayeva 1930-yili Toshkentda tug‘ilgan. 1950-yildan hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ish boshlagan. 1964-yili O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. 1998-yili “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

***

O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratiladi.

2020-yil 1-yanvardan boshlab, maqsadli dasturlar ijrosi doirasida yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratiladi. Bu Prezidentning “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют