» » Toshkentda avtomobilda orqaga harakatlanishda haydovchilarning ehtiyotsizligi tufayli yil boshidan buyon 18 ta YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda avtomobilda orqaga harakatlanishda haydovchilarning ehtiyotsizligi tufayli yil boshidan buyon 18 ta YTH sodir bo‘ldi


2019-yilning 1-yanvar kunidan 13-maygacha haydovchilar avtomobilda orqaga harakatlanish vaqtlarida piyodalarni urib yuborib, ularga tan shikastlari yetishiga sabab bo‘lganliklari bilan bog‘liq 18 ta yo‘l-transport hodisalari Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan qayd etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24-dekabrdagi 370-son Qarori bilan belgilangan Yo‘l harakati qoidalarining 63-bandiga muvofiq: transport vositasining orqaga harakatlanishida haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlashi va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga halal bermasligi shart. Zarur bo‘lganda haydovchi boshqa shaxslardan yordam so‘rashi kerak.

Toshkent shahar IIBB barcha haydovchilarni orqaga harakatlanishdan oldin avtomobil orqasida hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilishga undadi. Haydovchi uchun oynaga qarash yoki boshni orqaga burishning o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin: yosh bola yoki o‘tirib olgan yoshi katta shaxs “ko‘r” hududda bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, shuni inobatga olish zarurki, orqaga qaragandan bir soniyadan keyin piyoda o‘tib qolishi mumkin.

IIBBning ogohlatirishicha, Jinoyat kodeksining 266-moddasiga muvofiq transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, u eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yohud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Agar o‘sha qilmish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют