» » Xitoyliklar qovun importiga ruxsat bermoqchi: buning uchun ozbek polizlaridagi holatni organadi

Xitoyliklar qovun importiga ruxsat bermoqchi: buning uchun ozbek polizlaridagi holatni organadi


Ozbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Osimliklar karantini davlat ispeksiyasida 2019-yil 13-may kuni Xitoy Bosh bojxona boshqarmasining vazir orinbosari Li Goa boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Osimliklar karantini davlat ispeksiyasi Daryoga xabar berdi.

Uchrashuvda Ozbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni Xitoyga eksport qilishda fitosanitar ruxsatnomalarni taqdim etish taomillarini tezlashtirish, qovun eksporti uchun tegishli organ ruxsatomasini olish hamda polizlarga qovun holatini organuvchi xitoylik ekspertlarni jalb etish, fitosanitariya sohasida hamkorlik istiqbollarini belgilash, eksport uchun yanada qulay logistika yonalishini yaratish, Ozbekistondan Xorgos, Irkeshtom, Alashankou (Xitoy-Qozogiston chegarasidagi punktlar) orqali Xitoyga qishloq xojaligi mahsulotlari, jumladan, gilos eksportiga ruxsatnoma olish singari koplab eksport-import masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar doirasida Ozdavkarantin inspeksiyasi va Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ortasida 20192020-yillarda osimliklar karantini sohasida hamkorlik qilish boyicha chora-tadbirlar rejasi imzolandi.

Hujjatda Xitoyga qovun, anor, uzum, limon va boshqa mahsulotlar eksporti uchun ruxsatnoma taqdim etish, fitosanitar xavflar tahlili, laboratoriya diagnostikasi va zararsizlantirish yonalishlari boyicha kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan treninglar otkazish singari masalalarni amalga oshirish kozda tutilgan.

Ozbekistondan Xorgos, Irkeshtom, Alashankou (Xitoy-Qozogiston chegarasidagi punktlar) orqali Xitoyga qishloq xojaligi mahsulotlari, xususan, gilos eksporti haqida Xitoy tomoni xabardor qilindi.

Xitoy tomoni gilos importi bilan shugullanuvchi tadbirkorlarga har bir qadoqlash qutilarida mevalarning nomi, ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan joy nomi (viloyat yoki tuman), meva bogi nomi, qadoq va uning royxatga olish raqami ingliz tilida korsatilishi, har bir eksport poddonining qadogida Ozbek tomoni tarafida qoyiladigan karantin belgisi bolishi, har bir qadoqlash qutisi va poddonda Xitoy Xalq Respublikasiga eksport qilish uchun degan yozuv xitoy va ingliz tillarida korsatilgan bolishi, giloslarning qadoqlash materiali toza, fumigatsiya qilingan hamda gigiyenik va yangi bolishi, umuman, Xitoyning amaldagi tegishli fitosanitariya talablari aks etgan talabnoma matni elon qilingan edi.

Bugungi kunda Ozbekistondagi mahalliy hokimliklar tomonidan XXR Davlat bojxona mamuriyati uchun zarur fitosanitar infratuzilmalar barpo etish ishlari boshlab yuborilgan.

Qayd etish joizki, 2018-yilda qadoqlash sexlarining soni 5 tani tashkil etgan, joriy yilga kelib ularning soni 9 taga yetdi. Eksportchi tadbirkorlar gilosni Xitoyga mazkur sexlar orqali eksport qilishi mumkin.

Uchrashuv yakunida Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi karatin departamenti ekspertlari joriy yil 29-may kuni Ozbekistonga kelishi malum qilindi. Ular qovun importiga ruxsatoma berish uchun polizlarga boradi, qovun holatini organadi, karantindagi zararkunandalarni bartaraf etish, qovun pashshasiga qarshi kurashishda feromon tutqich va boshqa vositalardan foydalanganlik darajasi hamda dala nazorati borasida olib borilgan ishlar holatini organadi.

Eslatib otamiz, joriy yilning 2223-aprel kunlari Pekin shahrida Bosh vazir orinbosari E.Ganiyev, Ozdavkarantin inspeksiyasi boshligi I.Ergashev Xitoyning Bosh bojxona boshqarmasi boshligi Ni Yufen bilan fitosanitar talablar asosida qator mahsulotlar eksportini amalga oshirish borasida muzokara olib borilgan. Xitoy tomoni achchiq qalampir importiga ruxsat bergan edi.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-05-2019, 22:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
:
-
:
20 ... -