» » Fotogalereya: Venesuelalik ayollar og‘ir sharoitlarda ham o‘z go‘zalligini saqlab qolmoqda

Fotogalereya: Venesuelalik ayollar og‘ir sharoitlarda ham o‘z go‘zalligini saqlab qolmoqda


Venesuela har doim go‘zal ayollari bilan mashhur bo‘lib kelgan. Venesuelalik 7 nafar ayol “Koinot go‘zali”, 6 nafari esa “Dunyo go‘zali” unvoniga sazovor bo‘lgan. Biroq bugungi kunda mamlakat uzoq davom etgan inqirozni boshdan kechirmoqda. Ayollar oilasini boqish uchun kosmetika mahsulotlari va o‘zini parvarish qilishdan voz kechishga majbur bo‘lmoqda. Go‘zallik salonlari oziq-ovqat mahsuloti evaziga xizmat ko‘rsatmoqda. Uch milliondan ziyod aholi — jami aholisining o‘ndan bir qismi o‘z vatanini tark etgan. Venesuela ayollari mana shunday sharoitda o‘z go‘zalligini qanday qilib saqlab qolishga urinmoqda?

Manikyur ustasi Mariya Trinidad Tobar go‘zallik salonida mijoz kutmoqda. Karakas, 2019-yil 19-mart

Go‘zallik salonida rangsizlantirilgan tabiiy sochlar. Karakas, 2019-yil 2-aprel

Go‘zallik salonida “Venesuela go‘zali” kabi ko‘ylak kiygan maneken, Karakas, 2019-yil 22-mart

Yaris Kolina go‘zallik saloniga manikyur uchun keldi, Karakas, 2019-yil 22-mart

Karakasdagi bo‘m-bo‘sh go‘zallik saloni, 2019-yil 19-mart

Nelli Navaro sochlari uchun qancha haq to‘lashini so‘ramoqda, Karakas, 2019-yil 2-aprel

Valeriya Dias go‘zallik salonida 100 dollarga sotgan sochlarini so‘nggi marta ushlamoqda, Karakas, 2019-yil 5-aprel

Sartarosh Rozvel Velaskes o‘z salonida mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Karakas, 2019-yil 20-mart

Valeriya Dias sochlarini qirqtirmoqda. Karakas, 2019-yil 5-aprel



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 04:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют