» » Trampning IShIDga qarshi kurash bo‘yicha rejasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Trampning IShIDga qarshi kurash bo‘yicha rejasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi


AQSh prezidenti Donald Trampning IShIDga qarshi kurash bo‘yicha loyihasi undan avvalgi prezident Barak Obama rejasidan ko‘p farq qilmaydi. Bu haqda, hujjat bilan tanishib chiqqan ikki yuqori mansabdor axborotiga tayanib, NBC ma’lum qilmoqda, deb yozadi “RBK”.

Loyiha AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan jangarilar pozitsiyalarini bombardimon qilishni davom ettirish, mahalliy kuchlar Mosul va Raqqa ustidan nazoratni o‘zlariga qaytarishi uchun ularni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishni ko‘zda tutadi.

Reja, shuningdek, IShIDni daromad manbalaridan mahrum qilish va jangarilardan qaytarib olingan hududlarda barqaror vaziyat o‘rnatishni ilgari suradi.

Nashrning ta’kidlashicha, Pentagon Trampga taqdim etgan reja Trampning Obama ma’muriyati ustidan kulishiga sabab bo‘lgan terrorchilikka qarshi bosqichma-bosqich kurash olib borish bo‘yicha tashabbuslaridan ko‘p farq qilmaydi.

Ikki yuqori mansabdor telekanal bilan suhbat davomida belgilangan choralar Amerika prezidentining IShIDni to‘liq yo‘q qilish va buni tezda amalga oshirish haqidagi va’dasini bajarish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkinligidan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют