» » Qo‘qonda 2023-yildan boshlab elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Qo‘qonda 2023-yildan boshlab elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi


Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda Qo‘qonda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar berdi O‘zA.

Dastlabki seriyali elektromobilni ishlab chiqarish 2023-yilga mo‘ljallangan bo‘lib, loyiha qiymati 300 million dollarga baholangan.

Quvvati yiliga 10 ming dona elektromobil bo‘lgan zavod qurilishi 2021-yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshgudek bo‘lsa, 1000 ta ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, Hyundai kompaniyasi Namangan viloyatida 1 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko‘tarishi mumkin bo‘lgan yuk avtomobillari, avtobuslar, shuningdek, maxsus transport vositalari yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют