» » Uzbek Tigers – China Dragons 1:0. Abrorjon Qodirov 2017-yildagi ilk g‘alabasiga erishdi

Uzbek Tigers – China Dragons 1:0. Abrorjon Qodirov 2017-yildagi ilk g‘alabasiga erishdi


Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 4-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Xitoyning China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib bormoqda.

Dastlab eng yengil – 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar ringga ko‘tarildi. O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Abrorjon Qodirov xitoylik raqibi Yong Changni mag‘lubiyatga uchratdi.

Qayd etish joiz, 22 yoshli bokschi 18-fevral kuni Astana Arlans’ga qarshi kechgan jangda qozog‘istonlik Oljas Sattibayevga imkoniyatni boy bergan edi.

Mazkur bellashuvdan keyin Uzbek Tigers hisobda oldinga chiqib oldi — 1:0. Navbatdagi janglar quyidagi ko‘rinishni olgan:

-60 kilogramm: Murodjon Ahmadaliyev – Sen Vang;

-69 kilogramm: Shahram G‘iyosov – Vey Liu;

-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev – Jiabin Xuang;

+91 kilogramm: Bahodir Jalolov – Xaypeng Mu.

Eslatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют