» » Tbilisida 4 yoshli bolakay “O‘rgimchak odam” kiyimida 8-qavatdan sakradi

Tbilisida 4 yoshli bolakay “O‘rgimchak odam” kiyimida 8-qavatdan sakradi


Gruziyaning Tbilisi shahrida 4 yoshli bolakay “O‘rgimchak odam” kiyimida sakkizinchi qavatdan qulab tushib omon qoldi, deb xabar beradi Tengrinews.

Bolakay ko‘plab jarohatlar bilan Gldani tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda uning ahvoli qoniqarli baholangan. 14-may kuni bolakayga shifoxonadan chiqishga ruxsat berilgan.

Voqea guvohlarining so‘zlashicha, 4 yoshli bolakay mashhur superqahramonga taqlid qilib o‘zi sakragan.

Bu vaqtda uyda faqat uning buvisi bo‘lgan va u hech nimadan shubhalanmagan. Ko‘ngilsiz hodisa haqida unga qo‘shnilari xabar bergan.

Bolakayni o‘limdan ko‘p qavatli bino oldidagi uzumzor qutqarib qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют