» » Buxoroda bolaning gugurt o‘ynashi oqibatida yoqilg‘i quyish shoxobchasiga tegishli ayvonda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)

Buxoroda bolaning gugurt o‘ynashi oqibatida yoqilg‘i quyish shoxobchasiga tegishli ayvonda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)


Buxorodagi “Podslushano v Buxare” Telegram kanalida 13-may kuni e’lon qilingan videolavhada Galaosiyodagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida benzobak portlab, yong‘in sodir bo‘lgani haqida izoh yozilgandi. Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi O‘ktam Bobomurodovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘lgani haqidagi gap haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro tumanidagi Galaosiyo shahri, “Mustaqillik” mahallasi yo‘li yoqasida joylashgan 19-sonli yoqilg‘i quyish shoxobchasiga qarashli avtomobillarning yaroqsiz eski balonlari, shuningdek, rezina chiqindilar to‘planadigan usti yopiq ayvonida e’tiborsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Mahalla uchastka noziri Shukur Husenovning bildirishicha, mazkur yoqilg‘i quyish shoxobchasi hamda uning yaqinida joylashgan “Arsenal” to‘yxonasi tadbirkor ayol Munira Sodiqovaga tegishli.

13-may kuni kechga yaqin ro‘y bergan yong‘in haqidagi shoshilinch xabar orqali o‘t o‘chiruvchilar juda tez yetib kelgan. 15–16 daqiqa ichida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in chog‘ida juda ko‘p odam to‘plangan.

Odamlar ijtimoiy tarmoqlarda vahima uyg‘otuvchi xabar orqali tarqalgandek yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi baklar emas, balki yaroqsiz balon va rezina chiqindilar yonib ketganini ko‘rgan, guvoh bo‘lgan. Halok bo‘lganlar yoxud jarohat olganlar yo‘q.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in xavfsizlik boshqarmasi tezkor boshqaruv markazi yong‘in o‘chirish tezkor guruhi ma’lumotnomasiga ko‘ra, yong‘in 2011-yilda tug‘ilgan bolaning gugurt bilan o‘ynashi oqibatida sodir bo‘lgan. Oqibatda shoxobchaga hamda to‘yxonaga tegishli yaroqsiz balon va rezina buyumlar, sellofan va karton bo‘laklari saqlanadigan usti yopiq ayvon va 19-sonli yoqilg‘i quyish shoxobchasini tutashtirib turuvchi xizmat xonasining tashqi devorlarigina talofat ko‘rgan.

Ayvonda mavjud bo‘lgan benzin bakda hech qanday yonuvchi suyuqlik bo‘lmagan. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi xodimining bildirishicha, yaroqsiz balon va rezina chiqindilari to‘planadigan ayvonda shoxobcha yonidagi “Arsenal” to‘yxonasiga tegishli o‘tinlar, bo‘sh bakalashka idishlari ham ko‘p bo‘lgan.

Savol tug‘iladi: Bolaning gugurt o‘ynashi oqibatida yong‘in sodir bo‘lishiga sabab usti yopiq ayvonda keraksiz, yaroqsiz rezina buyumlar va chiqindilarning to‘planib, uyumlashib qolganimi yoxud Buxoro tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘z vaqtida profilaktik nazorat o‘rnatilmaganimi? Ma’lum bo‘lishicha, mazkur manzilda joriy yilning mart oyida profilaktik nazorat o‘tkazilgan.

“Daryo” muxbiri 14-may kuni kun davomida Buxoro tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbari Laziz Shodiyev bilan telefon orqali bir necha bor bog‘lanib, savollarga javob izlashiga qaramay, “majlisdaman”, “majlisga kiryapman”, degan javobnigina olgan, xolos.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют