» » 2020-yildan O‘zbekistonda investitsiya dasturi 3 yillik davrga shakllantiriladi

2020-yildan O‘zbekistonda investitsiya dasturi 3 yillik davrga shakllantiriladi


O‘zbekistonda investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Farmonga muvofiq, 2020-yildan O‘zbekistonda investitsiya dasturi 3 yillik davrga shakllantiriladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi dasturning amalga oshirilishini umumiy monitoring va nazorat qilish yuzasidan vakolatli organ hisoblanadi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi budjetdan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining ro‘yxatini shakllantiradi.

Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oyiga kamida bir marotaba xorijiy investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Hukumat tomonidan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etiladi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirining investitsiya dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etildi. Vazirlik huzurida Infratuzilmaviy loyihalar tahlili guruhi tashkil etildi.

2019-yil 1-iyuldan investitsiya loyihalarini sifatli va o‘z vaqtida ta’minlaganlik uchun ikki lavozim maoshigacha rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют