» » Qoraqolpog‘istonda kuchli shamol ko‘p qavatli uylarning tomini uchirib ketdi. Jabrlanganlar bor

Qoraqolpog‘istonda kuchli shamol ko‘p qavatli uylarning tomini uchirib ketdi. Jabrlanganlar bor


Kecha, 14-may kuni Qoraqolpog‘istonning Qonliko‘l tumani “Mustaqillik ko‘chasi”da joylashgan ikki qavatli uylarning tom qismi kuchli shamol oqibatida uchib tushdi. Ikki kishi jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar bermoqda “Kruz.uz”.

Ma’lum qilinishicha, ko‘p qavatli uylar ta’mirlanayotgan bo‘lgan. Hodisa oqibatida shu yerda uyni ta’mirlayatogan ikki nafar usta jarohat olgan va ular kasalxonaga olib ketilgan.

Shuningdek, shamol oqibatida uchib tushgan tom zarbidan sim yog‘ochlar ham qulab tushgan. Mahalla ikki soat davomida elektr tarmog‘idan uzilib qolgan.

Hozirda voqea joyida tuman hokimligi va boshqa tashkilotlar ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют