» » Erdo‘g‘on Yevropada yashayotgan turklarni 5 farzandli bo‘lishga chaqirdi

Erdo‘g‘on Yevropada yashayotgan turklarni 5 farzandli bo‘lishga chaqirdi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Yevropada yashayotgan turkiyaliklarni oilada 5 farzandli bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Yevrpadagi fuqarolarimiz, birodar va singillarimizni 3 emas, 5 nafardan farzandli bo‘lishga chaqiraman. Yangi biznes-loyihalar oching, bolalaringizni eng yaxshi maktablarga bering. Oilangiz eng yaxshi hududlarda yashasin, zo‘r mashinalar mining, eng go‘zal uylarda istiqomat qiling”, — deya ta’kidladi Erdo‘g‘on. 

Turkiya prezidenti bu dav’atni turklar “Yevropa kelajagi” ekanligi bilan izohladi.

“Bu ular sizlarga nisbatan amalga oshirgan odobsizlik, qarama-qarshilik va adolatsizlikka nisbatan eng yaxshi javob bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on. 

Ma’lumot uchun, Turkiyaning o‘zida oilada uch farzand bo‘lishi odat tusiga kirgan. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют