» » Shavkat Mirziyoyev Rosatom korporatsiyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rosatom korporatsiyasi bosh direktorini qabul qildi


Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 15-may kuni Rossiyaning Rosatom atom energiyasi boyicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi Ozbekiston-Rossiya ozaro manfaatli hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni royobga chiqarish doirasida ilgor texnologiya va bilimlarni jalb etgan holda mamlakatda birinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish boyicha yaqindan hamkorlik qilinmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ozatom agentligi tashkil etilgan va faoliyat yuritmoqda. Mamlakatda atom energetikasini rivojlantirish boyicha on yilga moljallangan konsepsiya qabul qilingan.

Bolajak AES uchun maydon tanlash boyicha muhandislik tadqiqotlarining birinchi bosqichi yakunlandi, xalqaro talablarga muvofiq loyihaning atrof-muhitga tasiri baholanmoqda va texnik hujjatlar tayyorlanmoqda.

Aholini atom energetikasi va yadroviy texnologiyalarning rivoji togrisida keng xabardor qilish maqsadida bugun Ozatom agentligi binosida Atom texnologiyalari axborot markazi ochildi.

Bundan tashqari, yangi oquv yilidan Toshkentda MMFI milliy tadqiqot yadroviy universitet filiali oz ishini boshlaydi.

Uchrashuvda mamlakatda qabul qilingan yol xaritasi asosida AES qurilishi loyihasini sifatli tayyorlash va amalga oshirishni taminlash boyicha hamkorlikni davom ettirish masalalari korib chiqildi. Mamlakatda yangi tarmoqni rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga alohida etibor qaratildi.

Rosatom davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov samimiy qabul uchun davlat rahbariga chuqur minnatdorlik bildirdi. Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida erishilgan kelishuvlarni oz vaqtida va keng kolamda amalga oshirish borasidagi intilish qatiy ekani takidlandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-05-2019, 18:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -