» » AQSh Tayvanga sotish uchun yirik qurol-yarog‘ turkumini tayyorlamoqda

AQSh Tayvanga sotish uchun yirik qurol-yarog‘ turkumini tayyorlamoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp Tayvanga sotish uchun modernizatsiya qilingan raketa tizimlari va kemalarga qarshi raketalarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan yangi qurol-yarog‘ turkumini tayyorlamoqda. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar berdi.

Reuters agentligining Oq uy ma’muriyatidagi manbasiga ko‘ra, yangi turkum Tayvan uchun tayyorlangan, biroq Barak Obama ma’muriyati tomonidan ma’qullanmagan qurol-yarog‘larga qaraganda sezilarli darajada kuchaytirilgan. 

Tayvan va AQSh o‘rtasida qurollar yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar allaqachon boshlab yuborilgan. Biroq AQSh ma’muriyat ularni bir necha oydan so‘ng yoki kelgusi yilda yetkazib berishi mumkin bo‘ladi.

Kelishuvning kechikishi mazkur masala Pekin uchun og‘riqli ekanligi va AQSh hamda Xitoyning, jumladan, Shimoliy Koreyaga bosim borasidagi hamkorligiga xalaqit berishi mumkinligi bilan bog‘liq.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют