» » Mastercard tarmogida HUMO International tolov kartalari qabul qilinadi

Mastercard tarmogida HUMO International tolov kartalari qabul qilinadi


Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) va Mastercard xalqaro tolov tizimi ortasida memorandum imzolandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati malum qildi.

Memorandum imzolanishi Mastercard tarmogida HUMO International tolov kartalari qabul qilinishini nazarda tutadi.

Hamkorlikning birinchi yonalishi HUMO International tolov kartasi chiqarish va ularni Mastercard xalqaro tarmogida tolash uchun qabul qilishni taminlash. Memorandum imzolanishi natijasida HUMO International tolov kartalari dunyoning 70 milliondan ortiq savdo nuqtasida qabul qilinadi.

HUMO International tolov kartalari egalari Mastercard tarmogidagi barcha nuqtalarda xaridlar uchun tolovlarni amalga oshirishi, xususan, oldindan mehmonxonalarni band qilish, internet orqali chiptalarni sotib olish va boshqa onlayn operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Ushbu kartalardan nafaqat chet el, balki Ozbekistonda ham foydalanish mumkin boladi.

Ikkinchi yonalish jamoat transportida naqd pulsiz tolovlarni amalga oshirishni yolga qoyish. MBPM va Mastercard metroda haq tolashda HUMO tolov kartalari va Mastercard kartalaridan foydalanish boyicha Toshkent metropoliteni bilan hamkorlikda pilot loyihasini amalga oshirishni kelishib oldi. Ushbu loyihani amalga oshirish bir necha oyni talab qiladi, ammo uni yaqin orada amalga oshirish rejalashtirilgan.

Hamkorlikning yana bir muhim jihati firibgarlikdan himoya qilishga qaratilgan yangi yuqori texnologik mahsulot va yechimlarni taklif qilish yoli bilan tolov tizimining barcha ishtirokchilari xavfsizligini kuchaytirish boladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-05-2019, 19:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -