» » Uzbek Tigers – China Dragons 3:0. Shahram G‘iyosov O‘zbekiston jamoasiga mavsumdagi 2-g‘alabani keltirdi

Uzbek Tigers – China Dragons 3:0. Shahram G‘iyosov O‘zbekiston jamoasiga mavsumdagi 2-g‘alabani keltirdi


Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 4-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Xitoyning China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib bormoqda.

Boks oqshomining uchinchi jangida -69 kilogramm vazndagi bokschilar bir-biriga ro‘baro keldi. Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari finalchisi, kumush medal sovrindori Shahram G‘iyosov hech qanday qiyinchiliksiz Vey Liuni taslim qildi.

Shahram G‘iyosov Qozog‘istonda Astana Arlans vakili Aslanbek Shimbergenovdan mag‘lubiyat qabul qilib olgandi. Rio–2016 sovrindori Murodjon Ahmadaliyev kabi avvalgi xatosini to‘g‘riladi. Avvalroq Uzbek Tigers vakillari Abrorjon Qodirov (-52 kg) va Murodjon Ahmadaliyev (-60 kg) o‘z raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi.

Mazkur bellashuvdan keyin Uzbek Tigers hisobni yanada oshirdi – 3:0. Navbatdagi janglar natijasidan qat’i nazar O‘zbekiston jamoasi mavsumdagi 2-g‘alabasini rasmiylashtirdi.

-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev – Jiabin Xuang;

+91 kilogramm: Bahodir Jalolov – Xaypeng Mu.

Eslatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют