» » Uzbek Tigers – China Dragons 4:0. Rio–2016 qahramoni Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi

Uzbek Tigers – China Dragons 4:0. Rio–2016 qahramoni Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi


Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 4-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Xitoyning China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib bormoqda.

Boks oqshomining to‘rtinchi jangida -81 kilogramm vazndagi bokschilar o‘zaro to‘qnash keldi. Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari finalchisi, kumush medal sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev 2-raundda Jiabin Xuangni texnik nokautga uchratdi.

Shahram G‘iyosov Qozog‘istonda Astana Arlans vakili Aslanbek Shimbergenovdan mag‘lubiyat qabul qilib olgandi. Rio–2016 sovrindori Murodjon Ahmadaliyev kabi avvalgi xatosini to‘g‘riladi. Avvalroq Uzbek Tigers vakillari Abrorjon Qodirov (-52 kg), Murodjon Ahmadaliyev (-60 kg) va Shahram G‘iyosov (-69 kg) o‘z raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi.

Mazkur bellashuvdan keyin Uzbek Tigers hisobni 4:0 ko‘rinishini oldi. So‘nggi jang +91 kilogramm vazndagi Bahodir Jalolov va Xaypeng Mu o‘rtasida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют