» » AQSh uchuvchisiz samolyoti Rossiyaning g‘arbiy chegaralarida razvedka olib bordi

AQSh uchuvchisiz samolyoti Rossiyaning g‘arbiy chegaralarida razvedka olib bordi


AQSh harbiy havo qo‘shinlariga qarashli RQ-4B-40 Global Hawk strategik uchuvchisiz boshqariladigan samolyoti Rossiyaning g‘arbiy chegaralarida razvedka olib bordi, deb xabar beradi Sputnik.

Xabarda aytilishicha, strategik uchuvchisiz samolyot Sitsiliya orolidagi Sigonella bazasidan havoga ko‘tarilgan. Moskva vaqti bilan soat 11:45 da samolyotni Kaliningrad viloyati chegara yaqinida ko‘rishgan.

“Soat 13:00 da Estoniya hududidan Pskov va Leningrad viloyatlari hududidan razvedka parvozini boshladi. Oxirgi vaqtlarda xorijiy davlat razvedka samolyotlari va uchuvchisiz qurilmalari Rossiya chegaralari yaqinida borgan sari ko‘p paydo bo‘lmoqda”, — deyiladi xabarda.

O‘tgan haftada RQ-4B-40 Global Hawk uchuvchisiz boshqariladigan qurilmasini Qrim qirg‘oqlari yaqinida payqab qolishgan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Vashingtonni bunday operatsiyalardan voz kechishga chaqirgandi, biroq Pentagon buni rad etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют