» » Massachusets shtatida shifoxonaning sakkiz nafar hamshirasi bir vaqtda homilador bo‘lib qoldi

Massachusets shtatida shifoxonaning sakkiz nafar hamshirasi bir vaqtda homilador bo‘lib qoldi


Massachusets shtatidagi Pibodi shahrida joylashgan shifoxonaning tug‘ruq bo‘limida ishlaydigan sakkiz nafar hamshira bir vaqtda homilador bo‘lib qoldi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.

Ayollarning har birida tug‘ruq davri turlicha. Taxminlarga ko‘ra, bolalar joriy yilning iyun—oktabr oylari oralig‘ida dunyoga keladi.

Hamshiralarning besh nafari tug‘ilajak farzandining jinsi bilan qiziqqan — ularning barchasi o‘g‘il kutmoqda. Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, ikki oy oldin shifoxonada to‘qqiz nafar homilador xodim ishlagan. Mart oyida ulardan biri Tara Randatsso o‘g‘illi bo‘lgan.

“Homiladorlikning ajoyibligi — senda tayyorgarlik uchun vaqt bo‘ladi”, — deydi shifoxona mudirasi Shanna Mavilio.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют