» » Abdulaziz Komilov hindistonlik hamkasbiga tabriknoma yo‘lladi

Abdulaziz Komilov hindistonlik hamkasbiga tabriknoma yo‘lladi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lgani munosabati bilan Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svarajga tabrik yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Siz va butun hind xalqini muhim yubiley sana – O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi bilan chin dildan tabriklashdan mamnunman.

25 yil davomida tomonlarning izchil sa’y-harakatlari natijasida o‘zaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli va ko‘p qirrali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligini mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman.

Joriy yilning 23-mart kuni Nyu-Dehli shahrida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi ikki davlat hamkorligiga qo‘shimcha turtki berishiga hamda uzoq muddatli O‘zbekiston—Hindiston strategik sherikchiligining yangi yo‘nalishlarini belgilab olishga imkon berishiga qat’iy ishonch bildiraman.

Mazkur imkoniyatdan foydalanib, Sizga, hurmatli Vazir xonim, mustahkam sog‘lik, baxt va Sizning davlat lavozimidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Abdulaziz Komilov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют