» » “Bu shunchaki buyumlar emas, balki katta ma’naviy ko‘mak hamdir”. Tojikiston O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi

“Bu shunchaki buyumlar emas, balki katta ma’naviy ko‘mak hamdir”. Tojikiston O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi


O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi elchixonasiga Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi qo‘mitasi raisi Rustam Nazarzoda nomidan minnatdorlik maktubi keldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rustam Nazarzoda o‘z maktubida yil boshida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgani va 500 dan ortiq katta qor ko‘chkisi ro‘y bergani oqibatida jabrlangan Tojikiston aholisiga O‘zbekistondan yuborilgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirgan.

Avvalroq O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 7-mart kuni Tojikiston aholisi uchun oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, qurilish materiallari, ko‘mir, issiq kiyim va birinchi ehtiyoj uchun zarur bo‘ladigan boshqa tovarlardan iborat 60 tonnadan ziyod yukni yetkazib bergan edi.

Rustam Nazarzoda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ham tashakkurnoma yo‘llagan. Unda, jumladan, shunday deyiladi:

Tojikiston xalqi mamlakat hududida ro‘y bergan keng miqyosli favqulodda vaziyat munosabati bilan O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan birdamlik va berilgan samimiy yordamni yuksak qadrlaydi. Ushbu yordam faqat hayot uchun zarur moddiy buyumlar bo‘lgani uchungina emas, balki avvalo, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p asrlik do‘stlik va hamkorlik rishtalarimizning ifodasi sifatida ko‘rsatilgan katta ma’naviy ko‘mak ekani bilan ham ahamiyatlidir.

Rustam Nazarzoda, Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi qo‘mitasi raisi

Mavzuga doir: O‘zbekiston Tojikistonning qor ko‘chkilaridan jabrlangan aholisiga insonparvarlik yordamini jo‘natdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют