» » Ozodlik muxbirlari Shuhrat va Hurmat Bobojonovlar ozini MXX xodimi sifatida tanishtirmoqda (audio)

Ozodlik muxbirlari Shuhrat va Hurmat Bobojonovlar ozini MXX xodimi sifatida tanishtirmoqda (audio)


Mahalladosh gazetasida Ozodlik radiosining muxbirlari Shuhrat va Hurmat Bobojonovlar malumot olish uchun davlat tashkilotlariga qongiroq qilib, ozlarini MXX xodimi sifatida tanishtirishi haqidagi maqola chop etildi. Quyida ushbu maqola toliqligicha etiboringizga havola etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Ozodlik radiosi muxbirlarining aldov yoli bilan malumot olayotgan videosi tarqaldi.

Unda radio jurnalistlari turli davlat tashkilotlariga ozlarini goyoki Vazirlar Mahkamasida ishlaydigan xodimlardek tanishtirib, aldov yoli bilan malumot olishga harakat qiladi. Chexiyaning Praga shahrida joylashgan radioning ozbek xizmatida ishlaydigan xodimlarning axborot olish yolidagi bunday harakatini qanday tushunish mumkin?

Sir emas, kopchilik Ozodlikni shov-shuvli xabarlari uchun oqiydi. Biroq parda ortida nima borligi radio buncha shov-shuvni qanday tayyorlayotgani, bunda qanday usullardan foydalanishini hamma ham bilavermaydi. Yuqorida tilga olingan videoda radio muxbirlarining qanday ishlashi haqida isbotu dalillar ochiq-oydin keltirilgan.

Jumladan, radio xodimlari Alisher Siddiq, Hurmat Bobojon, Shuhrat Bobojon, Sirojiddin Tolipov, Laziz Olimov har safar ozlarini turli insonlar, jumladan, bir gal Kabmindan Oybek, boshqasida Xorazmdan Shavkat, yana birida Milliy xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirib, jurnalistika qonunlari va jurnalist etikasini oyoqosti qilmoqda.

Aslida xos suhbatlarni ruxsat soramay, ogohlantirmay yozib olish, songra uni elon qilish, kamiga boshqacha talqinlarga sabab boladigan darajada ozgartirib, gaplarni konteksdan yulib olgan holda elon qilish etikaga ham, qonunga ham, odamgarchilikka ham togri kelmaydi. Etibor bersangiz, ular tomonidan tayyorlanayotgan xabarlarda yozib olingan ovozlar kesilib, malumotning manosini boshqa tomonga burib yuborish holatlari kozga tashlanadi.

Ozbekiston Respublikasining Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish togrisidagi qonunining 6-moddasida: Jurnalist oz kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi, axborot manbai yoki muallif roziligisiz jismoniy shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli malumotlarni elon qilishi, shuningdek audio va video yozish vositalaridan foydalanishi mumkin emasligi qayd etib otilgan. Biroq Ozodlik muxbirlarining harakati bu mezonlarning hech biriga togri kelmaydi.

Bugun yurtimizda nafaqat milliy, balki xorijiy ommaviy axborot vositalarining ham erkin faoliyat yuritishi, axborot olishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Biroq ayni shu jarayonda yuqoridagi kabi yolgon-yashiq, etika qoidalariga togri kelmaydigan usullar bilan malumot olishiga intilish bolar ekan, jurnalistikaning xolislik, haqqoniylik mezonlariga putur yetadi. Zero, jurnalist har qanday holatda ham zimmasidagi vazifani masuliyat bilan bajarishi, bu borada, albatta, kasb odobi va etikasiga rioya etishi shart va zarur, deya yakunlanadi maqola.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-05-2019, 15:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
:
-
:
20 ... -