» » Superliga. “Paxtakor” safarda “Andijon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Superliga. “Paxtakor” safarda “Andijon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi


16-may, payshanba kuni O‘zbekiston Superligasining 9-turida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi safarda “Andijon” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida toshkentliklar yarim himoyachisi Dragan Cheran raqib darvozasiga penaltidan gol urgan bo‘lsa, 81 va 85-daqiqalarda uning jamoadoshi Marat Bikmayev dublga erishdi (3:0).

Shu tariqa “sherlar” mehmonda kechgan bahsda “Andijon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Mazkur g‘alabadan so‘ng Toshkent klubi ochkolari sonini 23 taga yetkazib, musobaqa jadvalidagi yetakchiligini mustahkamladi. “Andijon” esa 7 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Superliga

9-tur bahsi

16-may, payshanba

Gollar: 0:1 — 45, penalti, Dragan Cheran, 0:2 — 81 Marat Bikmayev, 0:3 — 85 Marat Bikmayev

“Andijon”: Vitaliy Mirniy, Bobir Omonov, Oybek Qilichev, Farhod Bekmurodov, Shahzod Ubaydullayev (Shahboz Jumaboyev, 79), Abdulloh Olimov (Ibrohim Otaxonov, 59), Ildar Mamatkazin, Abdurahmon Abdulhaqov (Ro‘zimboy Ahmedov, 74), Radosav Aleksich, Asror G‘ofurov, Abror Husinov

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Akramjon Komilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeyev, Dostonbek Hamdamov (Marat Bikmayev, 78), Odil Hamrobekov (Farruh Sayfiyev, 90), Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jayev (Vladimir Kozak, 76), Darko Simich

Ogohlantirishlar: Shahzod Ubaydullayev (42), Ildar Mamatkazin (45), Radosav Aleksich (64), Marko Simich (67)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют