» » Shavkat Mirziyoyev andijonliklarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev andijonliklarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi (foto)


Andijon shahrida aholi juda zich yashaydi. Davlat rahbari viloyatga avvalgi tashriflari chog‘ida aholining maishiy sharoitlarini yaxshilash, ko‘p qavatli uy-joylar barpo etish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Shunga muvofiq Andijon shahriga yaqin Xo‘jaobod tumani Xidirsha massividan 54 gektar yer ajratilib, ikki sotixli 220 ta uy, oilaviy poliklinika, bolalar bog‘chasi, mahalla guzari, madaniyat markazi, kutubxona, go‘zallik saloni, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tikuvchilik korxonasi qurildi. Mahallaga “Mustaqillikning 27 yilligi” deb nom berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Dilfuza Hojimatova xonadonida bo‘lib, oilaning yashash sharoitlari, farzandlari tarbiyasi bilan qiziqdi.

Yangi mahallada Andijon shahridagi “Feruzbek teks” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tikuv korxonasi tashkil etilgan. Bu yerda mahalladagi 500 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan.

Prezident korxonada tayyorlanayotgan kiyimlar namunalarini ko‘zdan kechirdi, ishchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev mahalladagi “Kelajak bolajonlari” maktabgacha ta’lim muassasasini ham kirib ko‘rdi. 165 bola qatnaydigan bog‘chada rus va ingliz tillari, tasviriy san’at, musiqa va sport, chevarlik to‘garaklari tashkil etilgan. Mo‘jazgina kompyuterlar bolalarni kichik yoshdan axborot texnologiyalariga qiziqtiradi.

“Mustaqillikning 27 yilligi” mahallasida ikkinchi bosqichda yana 612 ta ikki sotixli uy va 7 ta ko‘p qavatli turar joy, 615 o‘rinli maktab, 160 o‘rinli bolalar bog‘chasi foydalanishga topshiriladi.

Shu yerda Andijon shahri Bosh rejasi asosida amalga oshiriladigan loyihalar, 2019-2020-yillarda 150 ta ko‘p qavatli uy va taunxaus tipidagi kottejlar qurishga oid takliflar haqida ma’lumot berildi.

Prezident uylarni odamlarga ma’qul tarzda va kerakli miqdorda loyihalashtirish, binolar bilan birga kommunikatsiya tarmoqlari ham o‘tkazish zarurligini ta’kidladi. Uylarni energiya va ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan innovatsion uskunalarni keng qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Madaniyat markazida cholg‘isoz usta Abdumalik Madraimov davlat rahbarining har bir uyda do‘mbira bo‘lishi kerak, degan tashabbusiga muvofiq olib borayotgan ishlari haqida so‘zlab berdi.

Beshta tashabbus asosida viloyatda yoshlarning san’atga qiziqishini oshirish, sport bilan mashg‘ul qilish, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishga o‘rgatish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют