» » AQShlik kadetlar 3 hafta davomida o‘zbekistonlik kursantlar bilar tajriba almashadi

AQShlik kadetlar 3 hafta davomida o‘zbekistonlik kursantlar bilar tajriba almashadi


Kecha, 15-may kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida bilim yurti kursantlari va AQSh Qurolli kuchlari rezervdagi ofitserlarni tayyorlash korpusining 36 nafar kadeti ishtirokida “Buyuk sarkardalar va davlat arboblari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Konferensiya davomida Akademiya kursantlari va tinglovchilari Amir Temur, Alisher Navoiy, Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi va boshqa buyuk namoyondalar haqidagi ma’ruzalarini o‘zbek, rus, ingliz tillarida bayon etdi.

Shuningdek, xorijlik kadetlar uchun O‘zbekistonning qadimiy tarixi, shonli o‘tmishi va buguni to‘g‘risida tayyorlangan hujjatli filmlar va videoroliklar konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ushbu uchrashuv avvalo ikki davlat yoshlarining o‘zaro fikr almashishi, erkin va do‘stona muloqoti uchun zamin yaratmoqda.

Ta’kidlash kerakki, AQSh Qurolli kuchlari vakillari uch hafta davomida Akademiya hamda Mudofaa vazirligining boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyati, o‘quv tizimi, kursantlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘zaro tajriba almashishlari ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 14-may kuni Missisipi shtati gubernatori Filipp Brayant boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurib, Qurolli Kuchlar akademiyasidagi o‘quv jarayonlari bilan tanishgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют