» » Toshkent shahridagi maktablar faoliyati tanqid qilindi

Toshkent shahridagi maktablar faoliyati tanqid qilindi


Joriy yilning 15-may kuni Toshkent shahridagi 110-maktabda Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov rahbarligida umumta’lim maktab direktorlarining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirda poytaxt maktablarining bugungi faoliyati, ta’lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, kadrlarning sifat tarkibi, tuman xalq ta’limi bo‘limlaridagi fan metodistlarining faoliyati, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovi hamda fan olimpiadalarining shahar bosqichi natijalari tahlil etildi.

Shuningdek, yaratilgan imkoniyatlardan yetarli foydalanmaslik, qolaversa poytaxtdagi o‘quvchilar soni quvvatiga nisbatan kam bo‘lgan maktablarda o‘quv jarayonlarini tashkil etishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Bundan tashqari, Xalq ta’limi vazirining Huquqiy-nazorat xizmati tomonidan Uchtepa tuman Xalq ta’limi bo‘limi va umumta’lim maktablari faoliyatini o‘rganish natijalari ham muhokama etildi. Faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va lavozim majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun Uchtepa tumanidagi 4-, 14-, 295-, va 109-sonli maktab direktorlari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, maktablar faoliyatini yetarli nazorat qilmaganligi, o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi, tashabbuskorlik yetishmasligi uchun Uchtepa tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri iste’foga chiqdi.

Yig‘ilishda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida o‘z jonbozligini ko‘rsatayotgan maktablar ham borligi, xususan, Olmazor tumanidagi 243-maktabda ota-onalarga farzandlarini olib ketish uchun kelganda shunchaki kutib o‘tirmasdan, maktabning kirish qismidagi ko‘chma kutubxonadan badiiy asar olib o‘qish imkoniyati yaratilganligi yaxshi tashabbus deb etirof etildi. Maktab direktori G.Zuhurova mukofot puli bilan rag‘batlantirish topshirig‘i berildi.

Yig‘ilish yakunida shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudirlari hamda maktab direktorlariga ta’lim sifatini oshirish, kadrlar sifat tarkibini yaxshilash, metodistlar faoliyatini jonlantirish, o‘quv yilini yakunlash, bosqichli va yakuniy davlat attestatsiyalariga tayyorgarlik, bitiruvchilarga attestatlarni berish bilan bog‘liq qator vazifalar belgilab berildi.

Shu bilan bir qatorda, Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi va tuman Xalq ta’limi bo‘limlariga yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan ishlarni kuchaytirishi va muntazam nazorat o‘rnatishi lozimligi hamda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishi lozimligi ta’kidlandi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bu kabi kengaytirilgan yig‘ilishlarni kelgusida Shayxontohur va Sergeli tumanlari yuzasidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют