» » Kinologlar eng yaxshi qo‘riqchi itlar zotlarini aytdi

Kinologlar eng yaxshi qo‘riqchi itlar zotlarini aytdi


Uy, mol-mulk va egasini himoya qilish uchun eng yaxshi itlar bu – O‘rta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi hisoblanadi. Bu haqda Rossiya kinologiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Golubev ma’lumotiga tayanib Sputnik yozadi.

“Qo‘riqchi itlarning eng yorqin namunasi bu O‘rta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi hisoblanadi. Bu zotli itlar yonida egasi bo‘lgan yoki bo‘lmagan holatlarda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun bu itlar albatta mashq kursidan o‘tishi kerak”, — dedi u.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, mashq itlarga vaziyatni anglash va qachon jahldorlikni ko‘rsatish ko‘nikmalariga o‘rgatadi.

“Qo‘riqlash uchun mo‘ljallangan itlarni egasiga quloq solish, begonalarga ishonchsizlik ko‘nikmalariga o‘rgatish kerak”, — deb ta’kidladi Golubev.

Mashg‘ulotlar bilan faqat tajribali mutaxassis-kinologlar shug‘ullanishi kerak.

Golubevning so‘zlariga ko‘ra, xizmat itlari mashq uchun eng yaxshi zotli itlar hisoblanadi.

Xizmat itlari guruhiga nemis va belgiya ovcharkalari, rotveyler, labrador, spaniyel zotli itlar kiradi.

Ko‘p yillar davomida bu zotli itlar portlovchi va narkotik moddalarni qidirish, odam qidirish, jinoyatchilarni ushlashda, odamlarni qutqarish ishlarida, shuningdek, qo‘riqlash faoliyatida qo‘llaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют