» » Zelenskiyning inauguratsiya marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Zelenskiyning inauguratsiya marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi


Ukraina parlamenti yangi saylangan prezident Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasini 20-mayga belgiladi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.

Bu qaror saylov o‘tkazilgan kunidan 3,5 hafta o‘tib qabul qilindi.

Bundan avval Ukraina parlamentida inauguratsiyani o‘tkazish haqida 7 ta qaror ro‘yxatga olingandi; 17, 19, 20, 26, 28-may va 1-iyun.

Zelenskiy o‘zi 19-may kuni belgilanishiga turib olgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi hukumat inauguratsiya sanasini cho‘zish, bu bilan uni qonunchilikda belgilangan muddatlarda Oliy Radani tarqatib yuborish huquqidan mahrum etish uchun harakat qilmoqda.

Vladimir Zelenskiy 21-aprel kuni o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi.

Zelenskiy saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi.

Markaziy saylov qo‘mitasi ham, saylov davomida hech qanday jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilmaganini xabar qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 20) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют