» » Amerikalik ayol lotereyadan 1,3 mln dollar yutib oldi

Amerikalik ayol lotereyadan 1,3 mln dollar yutib oldi


AQShning Shimoliy Karolina shtatida yashovchi ayolga singlisi lotereya chiptasini sovg‘a qildi, deb xabar berdi Forum Daily.

Ushbu lotereya chiptasi ayolga katta omad keltirdi. U 1,3 million dollar yutib oldi.

Neris ismli ayol 12-may kuni Carolina Cash 5 lotereya chiptasini sotib oldi hamda uni opasi Viyelka Romanga sovg‘a qildi. Ertasi kuni Roman turmush o‘rtog‘idan lotereya chiptasini tekshirib ko‘rishni so‘radi.

“Men telefon ekraniga qaradim va ko‘zlarimga ishonmadim. Raqamlarni besh martalab tekshirdim. Oxiri ularning haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qildim”, — deydi Viyelkaning turmush o‘rtog‘i.

Yutuq miqdori 1,3 million dollarni tashkil etdi. Juftlik shu zahotiyoq lotereya shtab-kvartirasiga borib, yutuq haqida ma’lum qildi. Viyelka esa quvonchli xabarni aytish uchun singlisiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Qayd etilishicha, ushbu yutuq lotereya tarixidagi uchinchi eng yirik pul miqdori hisoblanadi.

Amerikalik ayol yutgan pulini uy va mashina sotib olishga sarflashni niyat qilgan.

“Endi biz ko‘proq vaqtni oilaviy o‘tkazishimiz mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi ayol.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют