» » Pentagon rahbari: Donald Tramp Eron bilan urush boshlashni xohlamaydi

Pentagon rahbari: Donald Tramp Eron bilan urush boshlashni xohlamaydi


AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush boshlashni xohlamaydi. Bu haqda Pentagonning vaqtincha rahbari Patrik Shanaxanga asoslanib, The New York Times gazetasi xabar berdi.

Eron armiyasi Fors ko‘rfazidagi kemalarga raketalarini ortgani haqida razvedka ma’lumotlar paydo bo‘lgani munosabati bilan o‘tkazilgan brifingda bu haqda ma’lum qilingan. Amerika administratsiyasi a’zolari ushbu harakatlarni AQSh va uning ittifoqdoshlariga qarashli harbiy kemalarga zarba berishga urinish deb baholamoqda.

Ikki mamlakat o‘rtasida keskinlik o‘tgan yildan buyon kuchaygan. Donald Tramp AQSh Eron atom kelishuvidan chiqishini va Tehronga qarshi sanksiyalarni qayta tiklashini bildirgan edi.

16-may kuni McFaul va Gonzalez raketa esminetslari Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi kuchlari qarshiligisiz Ormuz bo‘g‘ozidan o‘tgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 118) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют