» » Prokuratura “Prezident kelishiga ekilgan gullarni sug‘orishga chiqarilgan uch hasharchi ayol, mashina urib, halok bo‘ldi”  xabariga munosabat bildirdi

Prokuratura “Prezident kelishiga ekilgan gullarni sug‘orishga chiqarilgan uch hasharchi ayol, mashina urib, halok bo‘ldi”  xabariga munosabat bildirdi


Andijon viloyati prokuraturasi “Prezident kelishiga ekilgan gullarni sug‘orishga chiqarilgan uch hasharchi ayol, mashina urib, halok bo‘ldi” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan “Daryo”ga ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 16-may kuni soat taxminan 8:00 larda fuqaro A.Sadriddinov boshqaruvidagi Cobalt “Andijon—Shahrixon” yo‘li bo‘ylab Asaka tumanining “Dasturxonchi” mahallasi hududidan o‘tayotganida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida sug‘orish ishlarini olib borayotgan Asaka tumani obodonlashtirish bo‘limi ishchilari O.P, F.T va Z.Uni urib yuborgan. Oqibatda fuqaro O.P hodisa joyida, fuqaro F.T shifoxonada vafot etgan, fuqaro Z.U esa tan jarohati olib, Asaka tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 16 may kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda (ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin).

Yo‘l transport hodisasi natijasida jabrlangan fuqarolar mehnatga jalb qilinishi qonuniyligi o‘rganilganda, O.P, Z.U va F.T 2018-yilning fevral oyidan beri Asaka tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining tegishli buyruqlariga asosan boshqarmada haq to‘lanadigan jamoat ishiga ishchilar sifatida qabul qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Asaka tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining ishchilarini Asaka tumanida “Dasturxonchi” MFY hududidagi transport qatnov yo‘lining chetida sug‘orishga jalb qilinishida mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqida taqdimnoma kiritildi.

Dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

“Shuningdek, xabarda ko‘rsatilgan Jalaquduq tumani hududida tibbiyot xodimlari majburiy mehnatga jalb qilinayotganligi haqidagi holat o‘rganildi. O‘rganish davomida tibbiyot xodimlari magistral yo‘lni tozalashga va majburiy mehnatga jalb etilmaganligi aniqlandi”, — deyiladi prokuratura axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют