» » Toshkentdagi Turin politexnika universitetida Italiya universiteti bilan hamkorlikda doktorantlar tayyorlanadi

Toshkentdagi Turin politexnika universitetida Italiya universiteti bilan hamkorlikda doktorantlar tayyorlanadi


Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiya universiteti bilan hamkorlikda doktorantlar tayyorlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Italiyaning Turin politexnika universiteti rektori Guido Sarakko boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 10 yilligiga bag‘ishlangan tadbirga tashrifi doirasida bu borada kelishuvga erishildi.

Politecnico di Torino va TTPU o‘rtasida imzolangan xalqaro akademik tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumiga ko‘ra doktorlik imtihoniga nomzodlar birgalikda tayyorlanadi.

Shartnomani amalga oshirish uchun birgalikda doktorlik qo‘mitasi tuzilib, qo‘mita doktorlik dasturiga kiradigan nomzodlarning ilmiy faoliyatini baholaydi, ta’limning uch yillik davrida ularning o‘sishini monitoring hamda tahlil qiladi.

Qo‘mita har yili ro‘yxatga olinadigan nomzodlar sonini belgilaydi, shartnomani yangilash bo‘yicha takliflar beradi hamda doktorantlarning Italiya va O‘zbekiston qonunchiligiga rioya etishlarini nazorat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют