» » Peru ko‘chkilarida yuz bergan mo‘jiza: Ayol loyqadan o‘zi qutulib chiqdi

Peru ko‘chkilarida yuz bergan mo‘jiza: Ayol loyqadan o‘zi qutulib chiqdi


Peruning Lima provinsiyasidagi Punta Ermosa okrugida ayol loyqa ko‘chkisi oqibatida vayron bo‘lgan uy vayronalari ostidan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Evangelina Chamorro Dias ilojsiz ko‘ringan dahshatdan qutulib chiqdi. Uning uyini ko‘chki olib ketgan, ayol uy vayronalari ostida nafaqat omon qoldi, balki undan mustaqil ravishda qutulib chiqa oldi.

Evangelina bir nechta kichik jarohat olgan. Qutqaruvchilar uni qabul qilib olgan vaqtda, u butunlay holdan toygan edi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Patrisiya Garsiyaning xabar berishicha, qutqarib olingan 32 yoshli ayol o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Keyinroq Evangelinaning eri Armando Rivera bo‘lib o‘tgan voqeani so‘zlab berdi. Er-xotin ko‘chki yuz bergan vaqtda cho‘chqalarni oziqlantirayotgan edi. Ular daraxtga chiqib qutulib qolishga harakat qilgan, biroq kuchli loyqa oqimi daraxtni ag‘dargan.

2017-yil boshidan buyon Peruda yog‘ingarchilik va suv toshqinlari tinmayapti. Toshqinlar 60 kishini hayotdan olib ketdi, 60 ming kishi evakuatsiya qilingan, 12 mingga yaqin uy vayron bo‘lgan.

Mavzuga doir: Fotogalereya: Peruda suv toshqini va uning oqibatlari

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют