» » Professor Kelli va uning xotini “Bi-bi-si” intervyusida nima uchun bolalar paydo bo‘lganini tushuntirdi

Professor Kelli va uning xotini “Bi-bi-si” intervyusida nima uchun bolalar paydo bo‘lganini tushuntirdi


Koreyashunos professor Robert Kelli 10-mart kuni “Bi-bi-si”ga jonli efirda intervyu berayotgan vaqti uning xonasiga qizi va o‘g‘li kirib kelgan, so‘ng bolalarning onasi xonaga hovliqqanicha kirib, bolalarni olib chiqib ketgan edi. Internet foydalanuvchilarining aksariyati videoga tushib qolgan ayolni bolalarning onasi emas, balki enagasi deb o‘ylagan.

Mavzuga doir: Professor uyidan “Bi-bi-si”ga intervyu berayotgan edi. Shu vaqt xonaga farzandlari kirib keldi

Kelli va uning xotini Juna Kim bo‘lib o‘tgan holatni “Bi-bi-si”ga bergan yangi intervyusi davomida tushuntirib berdi. Bu safar ham oila jonli efirda chiqish qilgan, deya xabar bermoqda Meduza.

“Men gapirgan vaqt va mehmonxonada turgan televizordagi efir vaqti orasida 20 soniya farq bo‘lgan. Shuning uchun xotinim nima bo‘layotganini tushunmagan, u Merion xonaga kirib kelganini 20 soniyadan so‘ng ko‘rgan. Shu tufayli u xonaga otilib kirgan. Men ahmoqlik qilib eshikni yopmaganman”, — deb hikoya qildi Kelli.

Professorning aniqlik kiritishicha, uning xonasida bolalarning o‘yinchoqlari va kitoblari saqlanadi, shuning uchun bolalar xonaga kirgan. “Intervyuni o‘zingiz to‘xtatasiz degan umidda men o‘zimni hech narsa bo‘lmagandek tutib turdim”, — deya o‘z so‘ziga qo‘shimcha qildi professor.

Kellining so‘zlariga ko‘ra, uning oilasi “Bi-bi-si” unga qaytib qo‘ng‘iroq qilmaydi, deb tashvishlangan. Shuningdek, Juna Kim oilasiga qiladigan g‘amxo‘rligi uchun medal olishga haqli, deb ta’kidladi professor.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют