» » Boeing kompaniyasi 737 Max samolyotidagi muammolarini bartaraf etganini ma’lum qildi 

Boeing kompaniyasi 737 Max samolyotidagi muammolarini bartaraf etganini ma’lum qildi 


AQShning Boeing kompaniyasi 737 Max samolyotining dasturiy ta’minotini to‘liq yangilaganini e’lon qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

“Boeing 737 Max uchun yangilangan dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni muvaffaqiyatli yakunlab, simulyator va muhandislik sinov reyslarini sinovdan o‘tkazdi. Hozirgi vaqtda kompaniya xodimlari 360 soatdan ko‘proq vaqt davomida uchdi va 737 МАХ’da yangilangan MCAS dasturiy ta’minoti bilan 207 ta reyslarini amalga oshirdi”, deyiladi xabarda.

Kompaniya shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlarning AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal idorasiga yuborilganligini va tadqiqot natijalari haqida to‘liq ma’lumot berilishini ma’lum qildi. So‘rov ko‘rib chiqilgach, kompaniya sinov uchish sanasini belgilash va parvozlarni sertifikatlash uchun to‘liq hujjatlarni topshirish uchun ma’muriyat bilan hamkorlik qilishni va’da qiladi.

“Xavfsizlik bizning aniq va ustuvor maqsadimiz, shuning uchun dasturiy ta’minotni yangilash uchun barcha sinov muhandislik reyslarini o‘tkazdik va yakuniy sertifikatlash parvoziga tayyorgarlik ko‘rdik”, — deydi kompaniya rahbari Dennis Muylenburg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Boeing yangilangan dasturiy ta’minot bilan 737 Max “dunyodagi eng xavfsiz samolyotlardan biri bo‘lishi”ga ishonadi.

“Sodir bo‘lgan falokatlar nafaqat xavfsizlik, sifat va halollik qadriyatlariga tarafdorligimizni kuchaytirdi, chunki biz hayotimiz bizning ishimizga bog‘liqligini bilamiz”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют